Uchrashuv yakunlangach "Istiqlol" bosh murabbiyi Kamol Jo'nashev bilan suhbatlashdik.
-Bugungi bahs menga yoqdi. O'yinda shogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni 70 foizini bajarishga muvaffaq bo'lishdi. Bir tomondan bugun ozgina omad ham biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman, - deb gap boshladi Jo'nashev.
- 3 kundan keyin yana bir jiddiy uchrashuvimiz bor. O'zbekiston Kubogi bahslarida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bu bahsga shogirdlarimni munosib tayyorlashga harakat qilaman.
- “UzDongJu” jamoasi menga juda yoqdi. Birinchi ligada yangilardan bo'lishiga qaramay bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishga muvaffaq bo'ldilar. Jamoada bir qancha tajribali o'yinchilar borligini guvohi bo'ldim.
- Bizda shunday vaziyatlar bo'ldiki, jamoamizning bir necha yetakchi o'yinchilari jarohat olishganda jamoa mag'lubiyatga uchramoqda. Masalan, avvalgi o'z uyimizda o'tkazilgan 2 uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. O'tgan turda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda yigitlarim yaxshi harakat qilishgandi. Jamoam bugun yaxshi kayfiyatda to'p surdi. "UzDongJu"ga qarshi bahsdagi g'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.
Komiljon Ikromov yozib oldi.