

Avvalroq 30 yoshli himoyachining chap elkasi bilan bog'liq muammolar bezovta qilgan edi. Shu sababli Glik mundialni o'tkazib yuborish xavfi ostida edi.
Shifokorlar esa unga maydonga tushishga ruxsat berdi. Hozir u terma jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.
Polsha termasi mundial guruh bosqichida Senegal (19-iyun), Kolumbiya (24-iyun), Yaponiya (28-iyun) bilan bellashadi.



