Kamavinga ham jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
28 noya 2024, 20:00
"Real"ning fransiyalik yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga YCHL diorasidagi "Liverpul"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Kamavinga 56-daqiqada alishitrildi. Uning o'rniga maydonga Dani Sebalos tushirildi. Fransiyalik futbolchi tizzaosti mushaklarida og'riq his qilgan va shu sababli o'yinni davom ettira olmagan.

Klub o'zining rasmiy saytida futbolchi jarohat olganini tasdiqladi. 

Dastlabki taxminlarga ko'ra, Eduardu Kamavinga 2-3 hafta jamoaga yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Реал Мадрид" расмий сайти