"Kalyari" "Yuventus" yarim himoyachisini ijaraga oladi

Alisher
12 avg 2019
"Yuventus" yangi o'yinchisi Luka Pellegrinini boshqa jamoaga ijaraga berib yuboradi.

Yarim himoyachi iyul boshida "Roma"dan "Yuve"ga o'tgan edi. Ammo, "Yuventus" uni "Kalyari"ga ijaraga berishi ma'lum bo'lmoqda.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio o'z saytida ma'lum qildi. "Kalyari" Pellegrini uchun begona emas.

Futbolchi oldin ham bu klubda ijarada o'ynagan.

20 yoshli Pellegrini o'tgan mavsum Italiya chempionatida umumiy 18ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com