
“Bizga Astorini sotib olish bo'yicha “Milan”dan ham “Roma”dan ham taklif tushgani yo'q. Bu klublardan hech biri bizga futbolchining transferi bo'yicha taklif bilan chiqishmagan”, - deydi Salerno.
Eslatib o'tamiz, 26-yoshli futbolchiga “Napoli” klubi qiziqish bildiryayotgan edi. Klub futbolchi uchun 13 mln. evro taklif etayotgan, biroq kelishuv amalga oshmagan.