Kalderon - Azar haqida: "Qullik bekor qilingan"

Mirjalol Normatov
18 okt 2018, 22:10
"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoadan ketmoqchi bo'layotgan futbolchini ushlab o'tirishdan mano yo'q. Qullik ancha oldin yo'q qilingan. Barchasi "Chelsi"ning istaklariga bog'liq. Gap transfer narxi haqida ketayotgan ekan, bir dollar uchun ham kurash bo'ladi.

Azar matbuotga ochiqdan ochiq "Real"ga o'tish istagi borligini aytmoqda. Bu esa "Real" uchun fantastik xabar", - dedi Kalderon.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal