

Bu men uchun o'zgacha hissiyot bag'ishlaydi. Ilk bor Realga qarshi o'ynayman.
Real o'tgan mavsumda YCHL va Ispaniya chempionatida g'olib bo'ldi. Zinedin Zidan uchun bu ajoyib natija. Ularni tabriklayman, - deydi Kaka.
Braziliyalik futbolchi Madrid klubida 2009-2013 yillarda o'ynagan. 120ta o'yinda 29ta gol urib 39ta golli pas bergan.
MLS yulduzlari va "Real" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat tonggi 06:00da boshlanadi.



