Kaka Braziliya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan joy oldi

Aslanov Jasurbek
12 may 2015, 16:27
Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi Amerika Kubogi-2015 uchun kengaytirilgan tarkibiga yana etti futbolchini qo'shdi.

Yangi chaqirilganlar orasida "Milan" va "Real" sobiq yarim himoyachisi Kak ham bor. Turnir 11 iyyundan 4 iyulgacha Chilida bo'lib o'tadi.

Kakadan tashqari qaydnomaga "Lacio" yarim himoyachisi Felipe Anderson, "Korintians" himoyachisi Jil, "Kruzeyro" hujumchisi Leandro Damian, "Fiorentina" darvozaboni Neto, hamda Fred ("Shaxtyor")  va Rafinya Alkantara ("Barselona") ham kiritildi.

Darvozabonlar - Jefferson ("Botafogo"), Diego Alves ("Valensiya"), Groe ("Gremio"); himoyachilar - Fabino ("Monako"), Marselo ("Real"), Filipe Luis ("Chelsi"), Danilo ("Portu"), David Luis (PSJ), Markinos (PSJ), Tyago Silva (PSJ), Miranda ("Atletiko" Madrid); yarim himoyachilar - Luis Gustavo ("Volfsburg"), Elias ("Korintians"), E. Riberto ("Al-Ahli"), Fernandino ("Manchester Siti"), Kasemiro ("Portu"), Villian ("Chelsi"), Koutino ("Liverpul"), D. Kosta ("Shaxtyor"); hujumchilar - Neymar (Barselona), Robino ("Santos"), R. Firmino ("Xoffenxaym"), Tardelli ("Shandun Lunen").


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com