Kagava faoliyatini AQSHda davom ettiradi

Alisher
18 avg 2021
Yarim himoyachi Sinzi Kagava transfer oynasi so'nggiga qadar PAOKdan ketmoqchi.

32 yoshli yaponiyalik futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirishni xohlamoqda.

"Portlend" "Borussiya" (Dortmund) va "Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda. Yaponiyalik Germaniyaning ikki karra chempioni, Angliya chempioni, shuningdek Yaponiya terma jamoasi tarkibida Osiyo Kubogi g'olibi bo'lgan.

Yanvarda PAOKga o'tgan Kagava o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Yahoo! Japan