"Kadis" Benzemadan tug'ilgan kunida ishga chiqmasligini so'radi

Alisher
19 dek 2021
Bugun "Real" hujumchisi Karim Benzema o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Fransiyalik futbolchi 34 yoshni qarshi oldi.

"Kadis" klubi Benzemaning tug'ilgan kuni munosabati bilan unga murojaat qildi.

"Tug'ilgan kuning bilan, Benzema! Dam ol va tug'ilgan kuningni oilang va do'stlaring davrasida nishonla. Bugun sen ishga bormasliging mumkin", - deyiladi "Kadis" xabarida.

Eslatib o'tamiz, "Real" - "Kadis" o'yini bugun 01:00da start oladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia