Kabalero "Sautgempton" bilan 1 oylik shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
7 dek 2021
"Chelsi" va "Manchester Siti"ning sobiq posboni Villi Kabalero "Sautgempton" futbolchisiga aylandi

40 yoshli argentinalik posbon klub bilan 5 yanvargacha mo'ljallangan qisqa muddatli shartnomaga imzo chekkan. "Sautgempton" klubdagi darvozabonlarning jarohatga moyil bo'lib qolgani sababli darvozabon bilan shartnoma imzoladi.

Kabalero yozda "Chelsi"dan ketganidan buyon erkin agent maqomida bo'lib turgandi. "Sautgempton" 15 turdan keyin APL turnir jadvalida 15-o'rinda bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SouthamptonFC