Kabalero: "Chelsi"ning hisobida "Siti"ga qarshi bir ajoyib va bir dahshatli o'yini bor"

Mirjalol Normatov
24 fev 2019, 17:55
"Chelsi" posboni Villi Kabalero "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hisob har doim ham ko'p narsalarni anglatmaydi. Asosiysi - o'yinlarni to'g'ri yo'lga qo'yib, xatolarni tan olish. "Chelsi" o'yiniga ishlov berib, natijalarni yaxshilay olishi mumkin. Ammon yoddan chiqarmang, biz "Stemford"da "Siti"ni mag'lub etganmiz.

Bizning hisobimizga "Siti"ga qarshi bir ajoyib, muxlislarni ko'zini quvnatadigan va yana bir juda yomon, dahshatli o'yinimiz bor. Oldindagi barcha o'yinlara finalga teng bo'ladi. Bugungi bahs ham final bo'lgani uchun, o'yin ham o'zgacharoq kechadi", - dedi Kabalero.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports