K-Liga. "Kanvon" o'z maydonida mag'lub bo'ldi, Aliboev 1 taym o'ynadi

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 12:20
Bugun Janubiy Koreya K-Ligasi 7-turi doirasida "Kanvon" o'z maydonida "Inchxon Yunayted"ni qabul qildi.

Unda mehmonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda hamyurtimiz Ikromjon Aliboev asosiy tarkibda maydonga tushib, ikkinchi bo'lim oldidan zaxiraga olindi.

"Kanvon" - "Inchxon Yunayted" 0:2

Gollar: Kim Jun Yub (21), Ernandes (85).

Ayni damda "Kanvon" 3 ochko bilan turnir jadvalida 12 jamoa orasidan 11-bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia