Jurnalist: "Ronaldu barcha bahslarga yakun yasadi"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2018
Jurnalist Alfredo Duro "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk uchrashuvidagi (3:0) o'yiniga baho berdi.

"Doimo tarixda qoladigan narsalar bor. Men o'z ko'zlarim bilan dunyoning eng yaxshi futbolchisini ko'rishga muvaffaq bo'ldim. "Oltin to'p" undan qochib keta olmaydi. Ronaldu 6ta shunday sovrin qo'lga kiritadi. Krishtianuga etadigani yo'q. U barcha bahslarga yakun yasadi" - deydi Duro.

"Real" hamda "Yuventus" o'rtasidagi javob o'yini 11 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito de Jugones