Jurnalist Messi haqida: “Man Siti”ga o'tmoqchi bo'lsa, unda nega u francuz tilini o'rganmoqda?”

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2021, 19:40
Canal+ jurnalisti Joffrua Garetening xabar qilishicha, “Barselona” a'zosi Lionel Messi oilasi bilan francuz tilini o'rganmoqda.

33 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi kelayotgan yoz o'z yakuniga etadi va unga davogar klublar orasida PSJ va “Man Siti” bor.

“Messi va uning oilasi, rafiqasi hamda bolalari francuz tilini o'rganishmoqda. Agar u “Manchester Siti”ga o'tmoqchi bo'lsa, unda nega u francuz tilini o'rganmoqda? Tushunish qiyin. Ushbu ma'lumot aniqligi shubhasiz, bu juda ishonchli manbadan olingan”, deydi jurnalist.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Canal+