Junino Depayning "Barselona"ga transferi xaqida: "Tez orada u ketadi"

Alisher
5 okt 2020
"Lion" sport direktori Junino Memfis Depayning "Barselona"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.

"Uning shartnoma bo'yicha oxirgi yili. U "Barsa" bilan kelishuvga erishdi. Memfis ertaga kyetishi mumkin (dushanba kuni aytilgan), ammo aniq bir narsa yo'q.

Tez orada u baribir ketadi, ammo qolgan taqdirda ham o'yinlarni yutishga yordam berishiga ishonaman", - deydi Junino.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik futbolchi "Lion"ga 2017 yilda "Manchester Yunayted"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: goal.com