Jozep Bartomeu: “Neymar qolishini istaymiz, ammo...”

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2017
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu Neymarning “PSJ”ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Neymar-bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri, shu sabab biz uni jamoada saqlab qolmoqchimiz. U biz bilan qolishini istaymiz. Uning jamoa bilan shartnomasi yana to'rt yilga amalda bo'ladi. Shu sabab bunga ortiqcha izoh shart emas. Ammo jamoani tark etish qarrorini futbolchilarning o'zlari qabul qilishadi. Biroq “Barselona” Neymarni o'z tarkibida ko'rishni istaydi. G'alabalarga erishish uchun bizga mahoratli futbolchilar judayam zarur”, deydi Bartomeu.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: New York Times