

"Bilasizmi, "Inter"ni faoliyatimdagi eng yaxshi jamoaligini aytib o'tishim zarur. Chunki, biz xammasini yutgandik. "Inter" barcha turnirlarda g'alaba qozongandi. Chempionlar ligasida "Barselona" (3:1), "Bavariya" (2:0) klublarini engishga muvaffaq bo'lganmiz. Fantastik ochko jamg'argan holda A Seriyada zafar quchganmiz va Italiya Kubogini ham qo'lga kiritgan edik", – deya Mourinyu so'zlarini keltiradi beIN Sports nashri.



