Joze Mourinyu Erik ten Xagning MYUdagi faoliyati haqida gapirdi

Administrator
23 okt 2024, 21:20
Mourinyu hozirda MYUni boshqarayotgan bosh murabbiyga rahbariyat ishonayotganini ta'kidladi.

"Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Jozi Mourinyu "Man Yunayted"ni boshqarayotgan Erik ten Xagning faoliyatiga baho berdi va shu asnoda unga yaratilayotgan sharoitni o'zida bo'lgan vaziyat bilan solishtirdi.

"MYU ten Xagga nisbatan ishonchni saqlab qolmoqda va shu sababli u mavsumdan mavsumga jamoada qolmoqda. Bu ishonch va barqarorlikni anglatadi.

Yevropa ligasini qo'lga kiritib, APLda ikkinchi o'rin bo'lganimizga qaramay, menga nisbatan buning teskarisi bo'lgandi", -deydi Joze Mourinyu.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" va "Fenerbaxche" klublari Yevropa ligasi uchinchi turida o'zaro to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/ed_aarons