Joze Mourinyo Trapattoni va Fergyusonning rekordini takrorladi
Narzulla Saydullayev
21 apr 2017, 09:41
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo Aleks Fergyuson va Jovanni Trapattonining rekordini takrorladi, deb xabar bermoqda Gracenote Live.
Portugaliyalik murabbiy boshchiligidagi klub 10-marta evrokubok yarim finaliga chiqdi. "Manchester Yunayted" kecha Yevropa ligasi chorak finalida qo'shimcha vaqtda "Anderlext"ni mag'lub etib yarim finalga yo'l oldi.