Joze Mourinyo: "Runi "Anderlext"ga qarshi o'ynashi mumkin"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo jamoa sardori Ueyn Runi Yevropa ligasi chorak finali doirasidagi "Anderlext"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytdi.

"Runi mashg'ulotda ishtirok etdi. Agar mashg'ulotdan so'ng uning holati yaxshi bo'lsa uni qaydnomaga kiritaman. Runi - tajribali futbolchi, shu bois bizga yordami tegishi aniq. Umid qilamanki, shifokorlar Runi borasida ijobiy javob berishadi", - deydi Mourinyo.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com