Joze Mourinyo nega Azarni almashtirganini aytib berdi

26 noya 2015, 00:30
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Makkabi" bilan bo'lgan o'yinda nega Azarni zaxiraga olganiga oydinlik kiritdi.


"Azar? Pedro zaxirada o'tirgandi. Uchrashuvning so'nggi 20 daqiqasida charchab qolgan Azardan ko'ra kuchga to'la Pedro foydaliroq o'ynaydi deb hisoblaganim uchun Azarni maydondan oldim. Azar "Norvich"ga qarshi o'yinda to'liq o'ynagandi. Shuningdek, "Makkabi" himoyachisi Azarni orqasidan yugurib charchab qolgandi. Shu boisdan o'yinning so'nggi daqiqalarida bu futbolchiga yanada qiyinroq bo'lishini istaganim uchun ham Pedroni tushirdim", - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com