

- Gollandiya yangi, istedodli jamoa qurmoqda, Shveytsariyada esa so'nggi 10 yil mobaynida Yevropa va jahon darajasidagi jamoa bor. Angliyada yangi futbolchilar avlodi ulg'aydi. Ularning tarkibi Rossiyadagi mundialdagidan uncha ham o'zgarmagan. Kim favorit? Portugaliya - amaldagi Yevropa chempioni, qo'shimcha tarzda ular ikki o'yinni ham o'z maydonlarida o'tkazadilar. Agar kimgadir ishonishim va tikishim kerak bo'lsa, Fernandu Santush jamoasiga tikar edim. Ammo Gollandiya terma jamoasida van Deyk va de Ligtlar bor va ular atrofida o'yin qurilishi mumkin, - deydi Mourinyo.



