Yoxan Kruiff: "Gollandiya JCH-2014da guruhdan chiqsa ham katta gap"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013, 18:00
Gollandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yoxan Kruiff terma jamoaning Braziliyadagi mundialdan oldingi o'z fikrlari bilan bildirdi.

"O'ylashimcha, Gollandiya JCHda guruhdan chiqsa xursand bo'lishimiz kerak. Agar pley-offda o'ynasak buni yaxshi natija deyish mumkin.

Braziliya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogida qanday o'ynaganini ko'rdim. Ular bizni tor-mor etishadi. Bu jamoaga qarshi faqat aqlli o'ynasak qarshilik ko'rsata olsak kerak", – deydi Kruiff.

Eslatib o'tamiz, Gollandiya saralash bahslari yakuniga ikki tur qolganida mundialga yo'llanma olib bo'ldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru