Jovanni van Bronkxorst "Reynjers" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Alisher
19 noya 2021, 17:16
"Reynjers"ning yangi bosh murabbiyi etib Jovanni van Bronkxorst tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. U jamoa tarixidagi 17-bosh murabbiyga aylandi.

Bitim tafsilotlari ko'rsatilmagan. 46 yoshli niderlandiyalik mutaxassis "Aston Villa"ga yo'l olgan Stiven Jerrardning o'rnini egallaydi.

Van Bronkxorst "Reynjers" futbolchisi sifatida 1998-2001 yillarda harakat qilgan. Uning so'nggi ish joyi Xitoyning "Guanchjou Fuli" klubi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rangers.co.uk