Joshua Kimmix Barselonaga o'tmaydigan bo'ldi

Khoja
28 may 2024, 10:14
Bavariya futbolchisi Joshua Kimmix faoliyatini Barselonada davom ettirmaydigan bo'ldi.

Kelishuv amalga oshmasligiga nemis futbolchisining katta maoshi sabab bo'lgan. 29 yoshli futbolchi ayni vaqtda Bavariyada yiliga 20 million evro maosh oladi. Bu summani esa hozirgi Barselona to'lay olmasligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Kimmixning nemis jamoasi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com