Jorjino "Chelsi"dan kyetmaydi

Alisher
2 apr 2021, 16:59
Yarim himoyachi Jorjino mish-mishlarga qaramasdan "Chelsi"da qoladi.

"Jorjinoning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi bor. U Yevropa va JCH-2022ga borishni xohlaydi. O'yinchi "Chelsi"da qoladi, 100%. Yaqin vaqtlarda biz yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazamiz", - deydi agent.

29 yoshli xavbek London klubida 2018 yildan beri o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga amal qiladi.

Jorjino joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercato