Jorje Jezush: "Feliks Yevropaning eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'ladi"

Alisher
28 mar 2020, 17:27
"Benfika" sobiq murabbiyi Jorje Jezush "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksning imkoniyatlarini baholadi.

"Feliks Yevropaning Yevropa eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'ladi. Menda bu narsaga shubha yo'q. U 20 yoshda va hali bola.

Portugaliyada yosh futbolchilarni o'zlarini ko'rsatishlari oson kechadi - bu Yevropaning vitrinasidir.

Oldinlari arzon o'yinchilar boshqalarga qaraganda kam pul topishardi, shuning uchun top-klublar istedodlarni olib qo'yishgan.

Ammo, hozir unday emas - siz 50, 70 va hatto 127 million evro to'lashingiz kerak!", - deydi Jezush.

Eslatib o'tamiz, madridliklar o'tgan yozda 20 yoshli portugaliyalik futbolchini "Benfika"dan 126 million evro evaziga xarid qilishgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS