

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Fil Jons hamda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fabian Delf jarohat sabab Angliya terma jamoasi lagerini tark etishdi.
Bosh murabbiy ularning o'rnini to'ldirish maqsadida aynan yosh istedodli yarim himoyachi Garri Uinksni terma jamoaga taklif qildi. Uinks Sloveniya va Litvaga qarshi o'yinlarda milliy terma jamoadagi debyutini nishonlashi mumkin.




