Jon Terri "Chelsi"ga qaytganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2023, 13:32
"Chelsi" sobiq sardori Jon Terri jamoaga qaytdi.

Sobiq futbolchi London akademiyasi tuzilmasida ishlaydi. 42 yoshli mutaxassis aprel oyida "Lester" bosh murabbiyi Din Smit yordamchisi bo'lishdan oldin "Chelsi" akademiyasida ishlagandi.

Terri 2018 yilning oktabridan 2021 yilning iyuligacha "Aston Villa"da murabbiy yordamchisi bo'lgan.

"Chelsi" 2022/23 yilgi mavsum Angliya chempionatida 12-o'rinni band etdi. Jamoa 7 yil ichida ilk bor evrokuboklarda o'ynamaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail