
Braziliyani qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Ular musobaqa boshlanmasidayoq g'oliblikka asosiy da'vogarlar qatorida edilar. Biz o'z kuchimizga ishonamiz va o'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. Ertangi o'yinga o'z rejamizni ishlab chiqamiz va Braziliyani bahsga chorlaymiz. Imkoniyatlar teng. Bu o'yinda kichik bir xato hammasini hal qilib yuborishi mumkin.
Mezbonlarning ikkita yetakchi futbolchisi o'ynay olmasligi yomon bo'ldi. Lekin ularda boshqa futbolchilar ham etarli. Har doim jahon chempionatida kuchlilar o'ynashini xohlashadi. Neymarni jarohati meni ham ranjitdi. Umuman butun mamlakat Neymarni jarohatidan shokda.