Joau Feliks PSJga o'tmaydi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2022, 00:37
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks qishki transfer oynasida PSJga o'tmaydi.

23 yoshli portugaliyalik uchun ikkita asosiy da'vogar qolmoqda: "Arsenal" va "Manchester Yunayted".

Feliks Madrid klubida 2019 yildan beri to'p tepadi. O'shanda ispanlar futbolchi uchun "Benfika"ga 127 million evro to'lagan.

Portugaliyalik hujumchi joriy mavsum “Atletiko” safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca