Joau Feliks o'z oldiga qo'ygan ulkan maqsadlarini sanadi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022
Madridning “Atletiko” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks maqsadlari haqida gapirib berdi.

“Maqsadlarim - Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish, Portugaliya bilan Jahon va Yevropa chempioni bo'lish va albatta "Oltin to'p"ga ega chiqish.

Bularga erishish uchun o'z ustimda astoydil va aql bilan ishlashim, tanam ustida ishlab, ongimni o'zgartirishim kerak. To'liq e'tiborni shularga qaratishim lozim", – dedi Feliks.

Feliks joriy mavsumda La Ligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic