Joau Feliks “Benfika”ga qaytishi mumkin

Alisher
10 iyul 2023, 08:57
Record xabariga ko'ra, “Benfika” “Atletiko” hujumchisi Joau Feliksni qaytarib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, Portugaliya klubi 23 yoshli hujumchini ijaraga olishni jiddiy maqsad qilgan.

Joau Feliksning “Atletiko”dagi ishlari ko'ngildagidek emas va shu sababli ham futbolchining o'zi Madridni tark etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Atletiko Feliksni 2019 yilda “Benfika”dan 127 mln evro evaziga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com