Jo Koul 37 yoshda faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018
"Vest Xem", "Chelsi" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jo Koul faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

Xavbekning so'nggi klubi "Tampa-Bey Raudis" klubi edi. U "Liverpul", "Lill", "Aston Villa" va "Koventri Siti" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Jo Koul Angliya terma jamoasi safida ketma ket uchta jahon chempionatida va bitta Yevropa chempionatida ishtirok etgan: 2002, 2006 va 2010 hamda Evro-2004. U "Chelsi" safida uch marta Angliya chempionati g'olibi bo'lgan va mamlakat Kubogi hamda Superkubogida zafar quchgan.

"20 yillik professional faoliyatimdan so'ng butsamni mixga ilish vaqti keldi. Ettita klub safida 716ta o'yin, 104ta gol. Bundan tashqari Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilishdek baxtga muyassar bo'lganman. Kelajakda murabbiy bo'la olishimni his qilyapman" - deydi 37 yoshli futbolchi.


Muvaffaqiyatlari

Intertoto Kubogi sohibi (1): 1999.

APL chempioni (3): 2004/05, 2005/06, 2009/10.

Angliya Kubogi sohibi (3): 2007, 2009, 2010.

Angliya futbol ligasi kubogi (2): 2005, 2007.

Angliya Superkubogi sohibi (1): 2005


Shaxsiy sovrinlari

"Vest Xem"da yil futbolchisi (1): 2003

"Chelsi" muxlislari ovozi bo'yicha yil futbolchisi (1): 2008

APLda oy futbolchisi (1): Mart 2005

PFA yil jamoasi a'zosi (1): 2006


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com