J.Koreya Kubogi. O'zbekistonlik futbolchilar o'ynayotgan besh klubdan uchtasi chorak finalga chiqdi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2020, 19:25
Janubiy Koreya Kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Rustam Ashurmatov o'ynayotgan “Kvandju” o'z maydonida “Kanvon”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan muddatidan oldin hayrlashdi. 

Jamshid Iskanderov harakat qilayotgan “Seongnam” safarda “Tegu”ni penaltilar seriyasiga ko'ra taslim etishga (1:1, pen – 4:2) erishdi.

Ikromjon Aliboev o'ynayotgan “Seul” esa bir kishi kam bo'lib mehmonda “Tedjon Sitizen” (2:1) ustidan qo'li baland kelgan.

Shuningdek, Doston Tursunov jamoasi ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. “Busan I'Park” “Suvon Siti” ustidan minimal (1:0) g'alabaga erishdi.

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Oleg Zoteev harakat qilayotgan “Chonnam” klubi esa ekstra taymlarda “Chonbuk Motors”ga (2:3) yutqazdi.

Shunday qilib, kubok chorak finaliga quyidagi jamoalar yo'l oldi:

“Seul”, “Poxang Stilers”, “Ulsan”, “Busan I'Park”, “Seongnam”, “Suvon Blyuuings”, “Chonbuk Motors”, “Kanvon”.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia