Jiruning agenti: "Italiyaga kelib Olivening mahorati yanada oshdi"

Sherzod Nurmatov
24 noya 2022, 16:19
Fransiya terma jamoasi va "Milan" hujumchisi Olive Jiruning agenti Maykl Manueloning fikricha, Italiya chempionatiga o'tish hujumchi uchun yaxshi bo'ldi.

"Italiyaga kelib, uning mahorati yanada oshdi, chunki undan ko'proq narsani talab qilishadi. A Seriyada u ko'proq jarima maydonchasi ichida bo'lyapti.

Bundan tashqari, "Milan"da u jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri", – dedi agent.

JCH-2022 guruh bosqichining Avstraliyaga qarshi o'yinida (4:1) Jiru dubl qayd etdi va urgan gollari soni bo'yicha Terri Anriga tenglashdi - 51.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Radio Rossonera