Jiru "Milan"ga o'tishga yaqin

Alisher
31 may 2021
"Chelsi" forvardi Olive Jiru tez orada "Milan" o'yinchisiga aylanadi.

Manbaning xabariga ko'ra, transfer keyingi haftada amalga oshadi. Francuzning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi va u uzaytirilmaydi.

Shu sabab Olive erkin agent maqomida boshqa klubga o'tadi. Tomonlar 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi, futbolchining maoshi 4 million evroni tashkil etadi.

34 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "Chelsi" libosida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato.com