Jiru "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023, 12:20
"Milan" hujumchisi Olive Jiru ushbu transfer oynasida APLga qaytishi mumkin.

"The Times" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 36 yoshli fransiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. 

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Jiru 2021 yilning iyulidan beri "Milan" safida to'p tepmoqda. Joriy mavsum u 19 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times