"Jirona" sport direktori "Manchester Siti" taklifini rad qildi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024, 13:13
"Jirona" sport direktori Kike Karsel "Manchester Siti"da Chiki Begiristayn o'rnini egallash imkoniyatidan voz kechdi.

"Esports RAC1" xabariga qaraganda, 50 yoshli mutaxassis ingliz klubidan taklif olgan, biroq u 2014 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan "Jirona" loyihasi boshqaruvida qolishga qaror qilgan.

Begiristayn "Manchester Siti"da 2012 yildan beri ishlaydi va mish-mishlarga ko'ra, u joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin. Biroq Karsel "Jirona"ni rivojlantirishni davom ettirishni xohlamoqda.

"Jirona" ayni paytda 9 uchrashuvda 12 ochko jamg'argan holda Ispaniya chempionati jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Karselning qarori uning jamoani kuchaytirish va kelgusi mavsumlarda uni rivojlantirish istagini bildiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Esports RAC1