Jimmi-Floyd Xasselbaynk KPR bosh murabbiyiga aylanadi
Narzulla Saydullayev
4 dek 2015
"Chelsi" sobiq hujumchisi Jimmi-Floyd Xasselbaynk KPR ustozi bo'ladi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Bu haqda rasmiy xabar bugun, 4 dekabr kuni e'lon qilinadi. Eslatib o'tamiz, KPR ayni paytda Angliya chempionshipida ishtirok etmoqda. Jamoa 19ta turdan 26 ochko to'plab musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda.