Jim Retkliff Kazemiroga APLning o'zidan o'rinbosar topdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2024
Yarim himoyachi Kazemiro yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, MYUning yangi bossi Jim Retkliff braziliyalikning o'rniga "Luton"dan Ross Barklini olib kelmoqchi. Angliyalik yarim himoyachi bu mavsum ancha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

Joriy mavsum 30 yoshli Barkli "Luton" safida 24 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun