Jezus "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi, shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan

Оқил Абдубарноев
26 iyun 2022, 23:28
Gabriel Jezus tez orada "Arsenal"ga o'tadi.

Futbolchining agenti va uning vakillari London klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha so'nggi kelishuvga erishdi. Shunday qilib, transfer deyarli amalga oshdi.

Braziliyalik futbolchi "kanonirlar" bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi.

Insayder Fabricio Romanoning qayd etishicha, bu transfer uchun "shaharliklar" 45 million funt oladi. Avval xabar qilinganidek, "Man Siti" bonus sifatida 10 million funt sterling qo'shimcha mablag'ga ega bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Jezus o'tgan mavsumda Premer-liganing 28 o'yinida 8 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano