Jeyms "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin

Alisher
6 iyun 2019
"Suonsi" yarim himoyachisi Deniel Jeyms yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Bugun, 6 iyun kuni, 21 yoshli uelslik futbolchi MYUda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Jeyms Ule Gunnar Sulsherning yozgi transferlar mavsumidagi ilk xaridi bo'ladi.

"Suonsi" futbolchi uchun 15 million funt oladi.

Jeyms joriy mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph