Jeymi Karrager: "Chelsi"ga yangi transferlar kerak"

Mirjalol Normatov
22 avg 2023
Futbol eksperti, sobiq futbolchi Jeymi Karrager "Chelsi"ning hozirgi tarkibi haqida gapirdi.

"Shunday katta xarajatlar bilan "Chelsi" kuchli to'rtlikka kira olmasa, juda g'alati holat bo'lardi. Biroq "Siti" bilan bir xil kuchda raqobatlashish uchun "Chelsi"ga darvozabon, yaxshi markaziy himoyachi va goleador hujumchi kerak.

Undan tashqari, gol urish faqatgina hujumchining ishi bo'lmasligi kerak. Chunki "Siti"da asosan vinger gol uradi (Muhammad Salohni nazarda tutdi)", - dedi Karrager.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" yozda 8 futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ikki o'yindan keyin jamoa bir ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports