Jerrard “Liverpul”ni nega tark etgani va Klopp bilan ishlamaganidan afsusdaligini aytdi

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020, 20:00
“Reynjers” ustozi Stiven Jerrard 2015 yili “Liverpul”ni nega tark etganini oshkor etdi.

“Shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildim, boisi, zaxira futbolchisi bo'lishni xohlamagandim. Bu qarorimdan afsuslanaman. Sababi Klopp erasida uning uslubiga moslashib, balki, bilmadim, uning qo'l ostida kamida 20 o'yinda maydonga tushgan bo'larmidim. Yoki bo'lmasam unga to'g'ri kelmay, jamoani tark etishim ham mumkin edi”, – deydi mersisaydliklar afsonalaridan biri.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal