Jerrard Ferdinand va Nevillni yomon ko'rganini tan oldi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2017
"Liverpul" sobiq sardori Stiven Jerrard o'z vaqtida "Manchester Yunayted" himoyachilari Rio Ferdinand va Gari Nevillarni yomon ko'rganini ma'lum qildi.

"Tribuna osti yo'lagida Rio va Gari Nevill bilan tursang, ularni mag'lub etish uchun qo'lingdan kelgan barcha ishni qilasan. Sen ularni yomon ko'rib ketasan - men bilan ham aynan shunday bo'lgan. Ular bilan Angliya terma jamoasida uchrashsangiz, bu yigitlar do'stlaringizdek tuyuladi.

Ferdinandni faqat hurmat qilamn, chunki u faoliyati davomida buyuk klublarda o'ynagan. Endi u bilan telekanalda birga ishlayapman" - deydi Jerrard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport