"Jenoa" o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi. Eldor Shomurodovdan gol

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2021, 22:42
"Jenoa" klubi o'rtoqlik o'yinida yirik hisobda g'alaba qozondi.

Avstriyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Jenoa" klubi mahalliy "Shtubay" klubi bilan o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov o'yinning 12-daqiqasida gol urishga erishdi. "Jenoa" shundan so'ng, yana to'rt bora raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Jenoa" 5:0 "Shtubay"

Gollar: Eldor Shomurodov, Favalli, Rolando Byanki xet-trik.




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia