A Seriya. "Jenoa" "Kalyari"ni yirik hisobda taslim qildi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2024, 01:50
"Jenoa" hamda "Kalyari" o'rtasida A Seriyaning 34-tur o'yini o'tkazildi.

O'zbekiston terma jamoasi va "Kalyari" hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Klaudio Raneri 72-daqiqada Shomurodov o'rniga Accini maydonga tushirdi.




34-y tur


"Jenoa" – "Kalyari" 3:0 (2:0, 1:0)

"Luidji Ferraris

Gollar: 1:0 – 17 Torsbyu, 2:0 – 27 Frendrup, 3:0 – 63 Gudmundsson.

"Jenoa" – Jozep Martines, Sabelli (Spens, 64), Volyakko, Vaskes (Chittadini, 73), de Vinter, Aaron Martin (Xaps, 64), Badel (Boxinen, 73), Torsbyu, Frendrup, Gudmundsson (Vitinya, 78), Retegi.

"Kalyari" – Skuffet, Di Pardo (Nandes, 46), Veteska, Xacidyakos (Dzappa, 46), Obert, Audjello (Mutandva, 85), Deyola, Oristanio (Lapadula, 46), Prati, Gaetano, Shomurodov (Acci, 72).

Ogohlantirishlar: Shomurodov (58), Audjello (72).



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia