“Jenoa” bosh murabbiyi Eldor Shomurodovning debyuti haqida nimalar dedi?

Rolando Maran “Verona”ga qarshi A Ceriya 4-tur bahsidan (0:0) so'ng o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqida gapirdi.

“Men unga o'ynash imkoniyatini berdim. Biroq hali unda bizning futbol haqida tushuncha yo'q. U boshqa chempionatdan keldi va bu erda hammasi qanday ishlashini bilmaydi. Shunday ekan unga vaqt kerak. U sabrli bo'lishi lozim. U bugun xatolarga yo'l qo'ymadi. Shuning uchun ham bugun uning o'yini uchun minnatdorchilik bidliraman”, - deydi Maran.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov A Ceriyadagi debyut o'yinida maydonda 63 daqiqa harakat qildi.


Manba: Football Italia